Aholi daromadlari qanchaga oshgani ma’lum qilindi

Aholi daromadlari  qanchaga oshgani ma’lum qilindi


Markaziy bank boshqaruvining joriy yil 21 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha Markaziy bank boshqaruvi raisining ma’ruzasi e’lon qilindi.

Ma’ruzada ta’kidlanishicha, 2021 yilning yanvar-sentyabr oyida shakllangan iqtisodiy sharoitlarda, ya’ni pandemiya davrida iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash borasida Hukumat va bank tizimi tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar bugungi kunda iqtisodiy faollik, ishlab chiqarish sur’atlarini pandemiyagacha bo‘lgan o‘sish trayektoriyasiga chiqib olishiga imkon bergan.

2021 yil 9 oyi yakunlari bo‘yicha yalpi ichki mahsulotning real o‘sishi esa 6,9 foizni tashkil etdi.

Bunda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan:
– sanoatda ishlab chiqarish hajmlari – 9 foizga;
– qishloq xo‘jaligida – 4,2 foizga;
– qurilish sohasi – 4,5 foizga;
– asosiy kapitalga yo‘naltirilgan investisiyalar – 5 foizga o‘sgan.

Qayd etilishicha, 2021 yilning 9 oyi yakunlari bo‘yicha aholi daromadlari real hisobda 10,4 foizga oshdi.

“Shu bilan birga, iqtisodiyotning barcha sohalarida ham bir hil yuqori tiklanish sur’atlari kuzatilmayapti. Ichki va tashqi turizm, yo‘lovchi tashish, avtomobil ishlab chiqarish umumiy ovqatlanish sohalari hali ham 2019 yil darajasiga yetgani yo‘q.
Kelgusi yilda ushbu sohalarda ham iqtisodiy jarayonlarning to‘liq tiklanishi yuqori iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlarini qo‘llab-quvvatlovchi omil bo‘ladi”, – deyiladi (https://cbu.uz/oz/press_center/reports/560649/) Markaziy bank boshqaruvi raisining ma’ruzasida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!