Afsus! O‘zbekistonda yana 20 dan ortiq odam koronavirus yuqtirdi

Afsus! O‘zbekistonda yana 20 dan ortiq odam koronavirus yuqtirdi

2020 yil 27 may soat 16:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3355 (+22) nafarni tashkil etmoqda.  

⚠️Yangi kasallanish holatlarining 5 nafari Toshkent shahrida, yana 4 nafari Toshkent viloyatida,  2 nafari Karantin markazida, qolgan 11 nafari ham karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan. Jami kasallanganlarning 16 nafari xorijdan kirib kelgan fuqarolarda, qolgan 6 nafari esa yurtimizda koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olinganlar orasida aniqlangan.

❗️Ayni paytda yurtimizda 2659 (+23) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aygan. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!