6 fevral kuni Nukus to‘polonlari bo‘yicha 39 kishining sudi bo‘lib o‘tadi

6 fevral kuni Nukus to‘polonlari bo‘yicha 39 kishining sudi bo‘lib o‘tadi

2023 yil 6 fevral kuni soat 10.00 da Buxoro viloyat sudi binosida 39 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni boshlanadi.

Ushbu jinoyat ishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi Dauletbay Razov raisligida birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqiladi.

Dastlabki tergov organining ayblov xulosasiga ko‘ra sudlanuvchilar A. Mirzambetov, D. Nadirbayev, P. Yesengeldiyev, K. Yeshjanov, M. Pirlepesov, A. Sariyev, N. Bauyetdinov, A. Sharapov, O. Mamutov, R. Dosimbetov, A. Allanazarov, N. Duysenbayev, K. Bekpolatov, R. Baimbetov, Q. Baxiyev, I. Saparov, A. Omirzakov, N. Baylepesov, A. Jumabekov, N. Xabipov, Z. Pirjanov, Z. Tadjimuratov, O. Dosnazarov, T. Ismailov, I. Polatov, SH. Ashirbekov, D. Ramanov, R. Sultaniyazov, A. Xojanazarov, Ye. Qanaatov, O. Kurbanov, R. Jumabayev, A. Naurizbayev, N. Genjebayev, I. Aitmuratov, A. Yesemuratov, K. Begaliyev, M. Raxmanov, A. Seytmuratov Jinoyat kodeksining 104, 166, 244, 244-1 va 247-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Barcha sudlanuvchilarga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!