5 yoshli farzandining o‘limiga sababchi bo‘lgan andijonlik ayol: "Hammasiga erim va qaynonam sababchi"

5 yoshli farzandining o‘limiga sababchi bo‘lgan andijonlik ayol: "Hammasiga erim va qaynonam sababchi"

Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyat sudida 5 yoshli o‘g‘lini tarbiyalash maqsadida uning tanasini turli joylariga yog‘och bo‘lagi bilan urib, jarohat yetkazgan Shahnoza Valiyevaga nisbatan sud hukmi o‘qildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Ulug‘nor tuman sudining raisi Sardorbek Yusupovning ma’lum qilishicha, Shahnoza Valiyeva 2018 yilning 15 oktyabr kuni soat 15:00 lar chamasida o‘zi istiqomat qilib kelayotgan Izboskan tumani, Manguberdi mahallasi, Baynalminal ko‘chasida joylashgan xonadonida, voyaga yetmagan o‘g‘li, hozirda marhum Z.Karimovni qaynonasi M.Valiyevani yashash xonadoniga borishiga to‘sqinlik qilib hayotdan bevaqt ko‘z yumishiga sabab bo‘lgan.

Sud-tibbiyot ekspertiza byurosining xulosasiga ko‘ra, marhumda bosh teri ostiga qon quyilishi, ko‘krak qafasi va qorin bo‘shlig‘i a’zolarini yopiq shikasti, o‘pka, taloq a’zolarini kam qonligi, o‘tkir yurak qon tomir hamda nafas yetishmovchiligi, iyak, chap qo‘l 2-3 barmoqlarida yirtilgan jarohatlar, bosh tepa, o‘ng-chap qo‘l yelka va bilaklarida, oyoq son boldirlarida ko‘plab teri ostiga qon quyilishlari, bosh tepa, chap chakka, chap yuz, yuqori-pastki labida, iyak, bo‘yin, ko‘krak, qo‘l-oyoqlarida ko‘plab shilinmalar aniqlangan. Ushbu tan jarohatlar hayoti uchun xavfli bo‘lgan Og‘ir darajadagi tan jarohatlar turkumiga kirgani tufayli norasidani o‘limi bilan sababiy bog‘liq ekani ko‘rsatilgan.

Sud-psixiatriya ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, Shahnoza Valiyeva jinoyat sodir etgan vaqtda ham, ekspertizadan o‘tkazilayotgan vaqtda ham o‘zining xatti-harakatlarini idrok qilish, boshqarish va javob berish imkoniyatiga ega ekani ko‘rsatilgan.

Sud majlisida so‘roq qilingan sudlanuvchi aybiga qisman iqror va pushaymon ekanini bildirgan. Uning ma’lum qilishicha SH.Valiyev bilan 2012 yilda qonuniy nikohdan o‘tib, turmushi davomida 2 nafar farzandli bo‘lishgan. Shu sababli, 2015 yilda qurilishi tugallanmagan yangi uyga ko‘chib o‘tishib, o‘sha yerda yashay boshlashgan. 2018 yilning may oyida, turmush o‘rtog‘i ishlash maqsadida, Rossiyaga ketgan. Qurilish ishlarini yakunlash istagida qaynakalari Otabek hamda Quvonch Valiyevlarning kelganidan foydalangan o‘g‘li amakilari bilan qo‘shni mahallada yashovchi buvisinikiga ketgan. Ertasi kuni o‘g‘lini olib kelish maqsadida borganida qaynonasi asossiz bahonalarni ro‘kach qilib, kelgusida o‘g‘li bilan birga yashatmasligini aytib, haqorat qilgan. Bundan g‘azablangan Shahnoza Valiyeva qaytayotganida uyga borishga qarshilik qilgan farzandini qo‘liga jahl ustida daraxt novdasi bilan 2 marotaba urgan. Uyga kelganda o‘g‘li uxlagan. Uyg‘onib yana buvisinikiga borishini aytib, qochib chiqib ketmoqchi bo‘layotganda ochiq ayvondagi balandligi taxminan 1,5 metrni tashkil etgan zinadan bosh qismi bilan yiqilgan va hushini yo‘qotgan. Avvaliga qo‘shni mahallada yashovchi opasi U.Begmatovani chaqirib kelib, ikkisi birga farzandini yuziga suv sepishiga qaramay o‘zgarish sezilmagani sababli, qo‘shnisi Z.Rejapovni avtomashinasida shifoxonaga olib borishganida, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazgan shifokor farzandini vafot etganini ma’lum qilgan. Farzandini urishiga turmush o‘rtog‘i va qaynonasining bir necha yil davomida o‘tkazib kelgan ma’naviy zulmlari sabab bo‘lganidan tashqari, o‘g‘lini ehtiyotsizligi natijasida bosh qismi bilan yerga yiqilganini, uni yog‘och taxta bilan urmaganini bildirgan.

Sud, davlat ayblovchisi B.Fozilovning xulosasini, sudlanuvchi SH.Valiyeva va jabrlanuvchi qonuniy vakili SH.Valiyevning ko‘rsatuvini, himoyachi K.Bakirov hamda jamoat himoyachisi S.Abdurahmonovaning fikrini tinglab, jinoyat ishi hujjatlarini o‘rganib chiqib, sudlanuvchining jinoyat sodir etganlikdagi aybi, uni o‘z aybiga iqror, shuningdek pushaymon ekanini bildirib, bergan ko‘rsatuvidan tashqari, voqea joyini ko‘zdan kechirish bayonnomasi, ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish, ekspertiza xulosalari, foto suratlardan tashqari, ish bo‘yicha to‘plangan boshqa dalillar yig‘indisi bilan ham o‘z isbotini to‘liq topgan deb hisoblaydi.

O‘zbekiston Respublikasi JKning 10-moddasi, Javobgarlikning muqarrarligi prinsipi deb nomlanib, unga ko‘ra, mazkur moddada, Qilmishida jinoyat tarkibining mavjudligi aniqlangan har bir shaxs javobgarlikka tortilishi shart deb ko‘rsatilgan.

Sud majlisida so‘roq qilingan SH.Valiyeva aybiga qisman iqror va pushaymon ekanini bildirib, ko‘rsatuv bersa-da, biroq uning aybi sud majlisida tekshirilgan hamda to‘plangan dalillar yig‘indisi bilan ham o‘z isbotini to‘liq topdi.

Yuqoridagi Qonun talabidan kelib chiqib, sud sudlanuvchi SH.Valiyevaning ko‘rsatuviga huquqiy baho berib, uni aybini yengillashtirish va tayinlanishi mumkin bo‘lgan muqarrar jazodan qochish maqsadida o‘ylab topilgan vajlar deb baholadi.

Sud Shahnoza Valiyevani Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 3-qismi d bandi bilan aybdor deb topib, JKning 50-moddasi talabi asosida 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!