3 ming dollarni "uxlatgan" firibgar qo‘lga tushdi

3 ming dollarni "uxlatgan" firibgar qo‘lga tushdi

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Marg‘ilon shahar sudi tomonidan xorijga ishga jo‘natishni va’da qilgan shaxsga nisbatan sud hukmi o‘qildi. 

Bugungi kunda “o‘qishga kiritib qo‘yaman”, “uy olib beraman”, “ishga joylab qo‘yaman”, deb odamlarni aldab, ko‘pchilikni chuv tushirayotgan firibgarlar afsuski uchrab turibdi. Ayniqsa, keyingi vaqtlarda firibgarlik yo‘li bilan birovlarning mulkini qo‘lga kiritish holatlari ko‘payib, ularni sodir etish usullari turlicha bo‘la boshladi. Eng yomoni bunday ishlar xotin-qizlar tomonidan ham sodir etilayotganida. 

...Sudning qora kursida o‘tirgan ayol bir necha bor firibgarlik bo‘yicha sudlangan bo‘lsa-da, tegishli xulosa chiqarmadi. O‘rgangan ko‘ngil o‘rtansa qo‘ymas, deganlaridek, yana jinoyatga qo‘l urdi. Marg‘ilon shahridagi “Linex” o‘quv markazida koreys tili o‘qituvchisi vazifasida ishlagan M.Alimova T.Abdullayevni 3 ming AQSh dollari evaziga tijorat yo‘nalishi bo‘yicha Janubiy Koreyaga ishga jo‘natishga yordam berishini aytib, ushbu mablag‘ni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan. Afsuski, jabrlanuvchi firibgarga duch kelganini keyin tushunib yetib, ichki ishlar bo‘limiga ariza bilan murojaat qildi. M.Alimova ushbu qilmishi bilan, ya’ni takroran firibgarlik qilib, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 168-moddasi 2-qismining “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etdi. 

Sud tomonidan sudlanuvchi M.Alimovaga 3 yil 2 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. 

– Afsuski, keyingi vaqtda firibgarlik holatlari bilan bog‘liq jinoyatlar ancha oshgan, – deydi Jinoyat ishlari bo‘yicha Marg‘ilon shahar sudi raisi Mansurjon Ibragimov. – Mazkur jinoyat ishida ham sudlanuvchi M.Alimova firibgarlik bo‘yicha uch marta sudlangan bo‘lsa-da, yana xorijga ishga jo‘nataman deb, o‘zganing pul mablag‘larini qo‘lga kiritdi. Albatta fuqarolar ana shunday firibgarlardan ogoh bo‘lishi kerak. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!