25 nafar fuqaro ishlash uchun Koreya Respublikasiga jo‘nab ketdi

25 nafar fuqaro ishlash uchun Koreya Respublikasiga jo‘nab ketdi

Koreya Respublikasining Inson resurslarini rivojlantirish xizmati bilan olib borilgan muzokaralar natijasida mehnat ta’tili olib Vatanga kelgan, ammo pandemiya sababli ish joyiga qaytolmayotgan fuqarolardan yana 25 nafari ushbu davlatga jo‘nab ketdi.

Ta’kidlash lozim, pandemiya davrida Koreya Respublikasiga kirib borish uchun karantin joyi tasdiqlangan va ruxsat berilgan fuqarolargina ushbu davlatdagi ish joyiga qaytib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning bugungi kuniga qadar ana shunday fuqarolarning 289 nafari Koreya Respublikasiga ishlash uchun jo‘nab ketgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!