2100 yilda London va Nyu-York suv ostida qolishi mumkin

2100 yilda London va Nyu-York suv ostida qolishi mumkin

Ayni paytda atmosferaga chiqarilayotgan karbonat angidrid oksidining mifdori 80 yil ichida o‘rtacha havo haroratini besh darajaga ko‘tarishi mumkin. 

 

AQSh va buyuk Britaniya olimlarining o‘zaro hamkorlikda dengiz sathi ko‘tarilishi borasida o‘tkazgan tadqiqotlari natijalari 2100 yilda London va Nyu-York suv ostida qolishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. 

Salbiy prognozlarga ko‘ra, karbonat angidrid gazining ayni paytda atmosferaga ajralib chiqayotgan miqdori global o‘rtacha haroratni 80 yil ichida 5 darajagacha ko‘tarib yuborishi mumkin. Bunday ssenariy Tinch okeani sathining 62dan 238 santimetrgacha ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin. Natijada 1,79 million kvadrat metr quruqlik suv ostiga ravona bo‘ladi. Ushbu quruqlik huddularda hozirda 187 million odam istiqomat qilishi aniqlangan.

 

Global ilish natijasida dengiz sathining ko‘tarilishiga sabab bo‘luvchi asosiy manba bu Grenlandiya muzliklaridir. Olimlarning fikricha, g‘arbiy va sharqiy antarktida qit’asida vaziyat beqarorlashishi xavfi yuqori. 

 

Ushbu prognozlar natijasida qirg‘oq bo‘yi hududlarda joylashgan  Buyuk Britaniya, AQSh va ayrim Yevropa hamda Osiyo mamlakatlari xavf ostida qoladi. Xavf tahdidi daryo bo‘yida yashovchi 500 million odamga tahdid solmoqda. Bundan tashqari, qirg‘oqbo‘yi hududlardagi suv toshqinlari aqlga siqmas migrasiya harakatini yuzaga keltirishi mumkin.

Olimlarning ta’kidlashicha, vaziyatning bu tarzda rivojlanishi ehtimoli atigi 5 foizni tashkil etadi, ammo ushbu miqdor bilan ham jiddiy hisoblashish kerak. Global falokatlarning oldini olish uchun iqlim o‘zgarishini to‘xtatish zarur. Buning uchun esa atmosferaga zararli moddalarning chiqarilishi miqdorini kamaytirish lozim.

 

Bu shaharlarning g‘arq bo‘lishi haqidagi ilk ogohlantirish emas. Avvalroq Nyu-York meri 2050 yilga kelib shahar suv ostida qolishi mumkinligini aytgan edi.

life.ru


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!