21 yashar O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada uni to‘xtatishga uringan polisiyachi bilan poyga uyushtirdi (video)

21 yashar O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada uni to‘xtatishga uringan polisiyachi bilan poyga uyushtirdi (video)

DPS inspektori Sankt-Peterburg markazida tunda Skoda Rapid rusumli taksi mashinasini to‘xtatishga urindi, biroq haydovchi unga bo‘ysunmadi. Tezlikni oshirib, avtomobillar oqimiga qo‘shilib ketdi, deya xabar beradi Nuz.uz .

Skoda svetofor oldida to‘xtaganida inspektor mashinaga yetib oldi. Polisiyachi qurolini chiqarib, avtomobil eshigini ochmoqchi bo‘lganida taksi joyidan qo‘zg‘aldi va qarama-qarshi yo‘lga chiqib, ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.

DPS xodimlari metroning Chkalov bekati yaqinidagina haydovchini hibsga olishga muvaffaq bo‘ldi.

Rossiya IIV Sankt-Peterburg bo‘yicha bosh boshqarmasi matbuot xizmatiga ko‘ra, taksini ijara shartnomasi asosida 21 yashar O‘zbekiston fuqarosi boshqargan. U oldin ham mast holatda mashina mingani uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgani ma’lum bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!