2019 yilda qancha odam uy sotib olish uchun kredit olgan?

2019 yilda qancha odam uy sotib olish uchun kredit olgan?

2019 yil davomida tijorat banklari tomonidan 67 261 nafar jismoniy shaxsga 7,9 trln. so‘m miqdorida (2018 yilga nisbatan 66,6 foizga yoki 3,2 trln. so‘mga ko‘p) ipoteka kreditlari ajratilgan. Buni Markaziy bank ma’lum qildi.

Mazkur davr mobaynida ajratilgan ipoteka kreditlarining eng yuqori o‘sish ko‘rsatkichlari Toshkent shahri (960 mlrd.so‘m), shuningdek, Toshkent (535 mlrd.so‘m) va Jizzax viloyatlari (304 mlrd. so‘m) hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi (283 mlrd. so‘m) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

2019 yilda ajratilgan ipoteka kreditlarining 96,5 foizi (7,7 trln. so‘m) birlamchi bozorga, 3,5 foizi (268 mlrd. so‘m) ikkilamchi bozorga yo‘naltirilgan. 2018 yilda mazkur ko‘rsatkich mos ravishda 94,6 foizni (4,5 trln.so‘m) hamda 5,4 foizni (244 mlrd. so‘m) tashkil etgan.

Shuningdek, ipoteka kreditlar tarkibida imtiyozli asosda (qayta moliyalash stavkasi doirasida) ajratilgan kreditlar ulushi 83,2 foizni (6,6 trln. so‘m), bozor foizlarida ajratilgan kreditlar ulushi esa 16,8 foizni (1,3 trln. so‘m) tashkil qiladi.

2019 yilda jismoniy shaxslarga berilgan ipoteka kreditlarining 4,8 trln. so‘mi (61 foizi) markazlashgan resurslar, 3,1 trln. so‘mi (39 foizi) tijorat banklari resurslari hisobidan ajratilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!