19 noyabr kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti

19 noyabr kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti

Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 3–8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5–7 daraja sovuq, kunduzi 4–6 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7–12 daraja sovuq, kunduzi 2–3 daraja sovuq bo‘ladi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3–8 daraja sovuq, kunduzi 3–8 iliq, cho‘l hududlarda kechasi 7–12 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq 3 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3–8 daraja sovuq, kunduzi 2–7 daraja iliq bo‘ladi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq 3 daraja iliq, kunduzi 7–12 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3–8 daraja sovuq, kunduzi 2–7 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7–12 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq–2 daraja iliq bo‘ladi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!