18 mln. aliment to‘lamagan fuqaro 15 sutkaga qamaldi

18 mln. aliment to‘lamagan fuqaro 15 sutkaga qamaldi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tumanlararo sudining 26.01.2015 yilgi qaroriga asosan qarzdor O.Mansurovdan undiruvchi F.Xazratova foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandi ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan. Bu haqda aniq.uz ga ishonchli manba xabar berdi.

MIB G‘ijduvon tuman bo‘limi davlat ijrochisining bir necha bor ogoxlantirishlariga qaramasdan qarzdor O.Mansurov aliment pullarini to‘lamay kelgan, natijada uning alimentdan bo‘lgan qarzdorligi 18 mln. so‘mni tashkil qilgan.

Yuqoridagilarga ko‘ra, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 47 (4)-moddasiga asosan G‘ijduvon tuman ma’muriy sudining 18.01.2019 yildagi qaroriga asosan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!