1 martdan yurtimizda nimalar o‘zgaradi?

1 martdan yurtimizda nimalar o‘zgaradi?

Bahorning ilk kunidan yurtimiz qonun ijrochiligi sohasida kutilayotgan o‘zgarishlar to‘g‘risida Huquqiy axborot kanali ma’lumot berdi. 

Ijro hujjatlarida majburiy tartibda qarzdor-jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami (O‘zbekiston fuqarosi hisoblanmagan jismoniy shaxs bo‘yicha – shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), shuningdek, qarzdor – yuridik shaxsning soliq to‘lovchi identifikasiya raqami ko‘rsatiladi (https://lex.uz/docs/5124086).

Elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq jinoyatlarni aniqlash, bartaraf etish va ularning oldini olish vazifasi – Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi. 

Elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarliklarni aniqlash, bartaraf etish va ularning oldini olish vazifasi – ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!