Yo‘lovchi poyezdlarda olib kelinayotgan kontrabanda tovarlar

Yo‘lovchi poyezdlarda olib kelinayotgan kontrabanda tovarlar

Davlat Bojxona qo‘mitasi O‘zbekistonga yo‘lovchi poyezdlarda olib kelinayotgan bir qator kontrabanda tovarlarni aniqladi.

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Keles” temir yo‘l chegara bojxona postida 13-17 avgust kunlari qiymati 150 mln. So‘m bo‘lgan tovarlarning noqonuniy olib o‘tilishi fosh qilindi.

Xususan, “Astana-Toshkent” reysi bo‘yicha kirib kelgan vagon yo‘lovchisi R.M. jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni bojsiz olib o‘tish me’yorlariga zid ravishda qiymati 21 mln. so‘mlik 7 ming juft qo‘lqoplarni bojxona nazoratidan chetlab olib kirayotgan paytda to‘xtatib qolindi.

“Almata - Nukus” yo‘nalishidagi poyezd kuzatuvchisi, qo‘shni davlat fuqarosi B.S yo‘lovchilarga tarqatgan holda 15 ta yuk sumkalaridagi ayollar kiyim-kechaklari va poyafzallarni vagon kupelariga joylashtirib chiqqan ekan. Bojxona nazoratidan yashirilgan mazkur kiyim-kechaklar va poyafzallarning umumiy qiymati salkam 69,3 mln. so‘mni tashkil qildi.

“Sverdlovsk-Toshkent” reysi bo‘yicha kirib kelgan yo‘lovchi poyezdida ham bojoxna qonunbuzilishi fosh etildi. Fuqaro M.I. belgilangan me’yorlardan ortiq bo‘lgan hamda tovarlarni olib o‘tishda joriy qilingan cheklovlar va davriylikka rioya etmagan holda qiymati 32,8 mln. so‘mlik 2 dona lentali arra, 10 dona muqaddam ishlatilgan tikuv mashinalari va 9 dona gaz hisoblagichlarni olib kirmoqchi bo‘lgan ekan.

“Moskva-Andijon” yo‘nalishidagi poyezd vagonlaridan yana birining kuzatuvchisi, fuqaro R.F. ham shu usulda qiymati 5,7 mln. so‘mlik, 27,4 litr og‘irlikdagi 65 dona alkogolli ichimliklarni bojxona nazoratiga taqdim etmasdan turib, olib kelayotganligi aniqlandi.

Ayni shu yo‘nalishda kirib kelgan yana bir fuqaro N.Q. ham bojxonachilarni chalg‘itishga urinib, vagondagi hamrohlariga tarqatgan holda jami qiymati 12 mln. so‘mlik 10 litr hajmdagi 20 shisha aroqlarni va 100 quti tamaki mahsulotlarini olib kirishga uringan paytda to‘xtatib qolindi.

“Moskva-Andijon” reysining yo‘lovchilaridan yana biri, Q.SH.ga ham yuqoridagi “usul”ni qo‘llagan holda qiymati 2,4 mln. so‘mlik 80 quti tamaki mahsulotlarini respublikamizga olib kirish “nasib” qilmadi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan tekshiruv haraktalari olib borilmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!