Yozuvchi Milan Kunderaga 30 yil oldin bekor qilingan fuqaroligi qaytariladi

Yozuvchi Milan Kunderaga 30 yil oldin bekor qilingan fuqaroligi qaytariladi

Chexiya bosh vaziri Andrey Babish yozuvchi Milan Kundera fuqaroligini tiklashni taklif qildi.

Bosh vazir yozuvchi va uning rafiqasi bilan Parijda uchrashdi.

Andrey Babishning bildirishicha, u yozuvchining Parijdagi xonadonida bo‘lgan. Yozuvchining oilasi bilan uch soat davomida suhbat qilgan.

“Chex, fransuz va jahon adabiyotining afsonasi hisoblanadigan bu inson bilan uchrashish men uchun katta sharaf bo‘ldi”, deb qayd etgan Andrey Babish. Babish Milan Kunderaning rafiqasi haqida ham iliq fikrlar bildirgan. “Menimcha, ularning har ikkalasi ham Chexiya fuqaroligiga arziydigan insonlar,” deya tavsiflagan bosh vazir.

1979 yili Chexoslovakiya Sosialistik Respublikasi hukumati Milan Kunderani chex fuqaroligidan mahrum etgan edi. Bunga uning 1975 yilda Fransiyaga emigrasiya qilgani sabab bo‘lgan. Yozuvchi fransuz pasportini olgandan buyon o‘tgan 22 yil davomida Chexiya hududida biror marta ham bo‘lmagan.

Milan Kundera asarlari ichida “Turmushning chidab bo‘lmas yengilligi”, ”Hazil”, “Xayrlashuv oldi valsi” romanlari, “Kulguli ishqlar” novellalar to‘plami va “Merosning buzilishi” esselari mashhur. Yozuvchi chex va fransuz tillarida ijod qilib keladi.

Manba: turon24


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!