YouTube xavfli va hissiy tuyg‘ularga ega bo‘lgan videolarni taqiqlaydi

YouTube xavfli va hissiy tuyg‘ularga ega bo‘lgan videolarni taqiqlaydi

YouTube foydalanuvchilarini bir-birini xavf ostiga qo‘yishidan, bolalarga yetadigan ma’naviy jarohat dan tashvishlanib, o‘z saytida shunday kayfiyatdagi videolarga nisbatan taqiq qo‘ydi, deydi ufq.uz .

YouTube foydalanuvchilarini bir-birini xavf ostiga qo‘yishidan, bolalarga yetadigan ma’naviy jarohat dan tashvishlanib, o‘z saytida shunday kayfiyatdagi videolarga nisbatan taqiq qo‘ydi.

Video almashuv giganti, xavfli tryuklar, ayniqsa virusli chelenj lar nomi ostidagi videolarga, YouTubeda joy yo‘q , deb aytmoqda.

Googlega tegishli kompaniya, yaqinda, odamlar jismoniy xavf ostidaligi tasvirlangan yoki bolalarga nisbatan hissiy tuyg‘ulari bor, deb hisoblangan amaliy hazillarni taqiqlashni kengaytirganini e’lon qildi.

YouTube bu kabi videolardan misollar keltirdi. U yerda, ota-onasining o‘lganligi haqida aytgan bolaga hujum qilish aks etgan videolar shuning misolidir.

Ushbu choralar, saytdagi xavfli virusli chaqiruv videolarni ta’qib qilgandi. Ulardan biri temir yo‘llari bo‘ylab yurib borganidan so‘ng, ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan o‘smirning videosidir. Bu videodan so‘ng, ingliz transport polisiyasi tergovchilari tekshiruv boshlashgan edi.

Matbuot kotibining aytishicha: YouTube kanalida ko‘plab virusli videolar va Jimmi Kimmelning dahshatli Rojdestvo sovg‘alari yoki Suv shishasini uloqtirish kabi ko‘plab amaliy hazilga ega videolar bor. Bizda doim hazil chegarasini kesib o‘tgan, zararli yoki xavfli videolarni bloklash siyosatimiz bo‘lgan.

Bizning jamiyat(YouTube) tamoyillari jiddiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan xavfli harakatlarni rag‘batlantiradigan videolarni taqiqlaydi va bugunga kelib ommalashgan bu xavfli chaqiruvlar (chelenj) va hazillar uchun aniq chegarani belgilab beradi .

O‘tmishda YouTube xavfli hazillar joylagan videochi blogerni demonetizasiya qilish orqali bu ishdan qaytarmoqchi bo‘lgan.

Biroq, ba’zi bir virusli videolar orqali shuhrat qozonish yo‘lini ko‘rgan, ba’zi fojialarga olib boradigan urinishlarni ko‘radigan odamlarni YouTube platformasida to‘xtatib bo‘lmadi.

O‘tgan yili Minnesota shtatida yashovchi 20 yoshli qiz o‘z yigitiga pistolet bilan o‘qqa tutilganda qalin kitobdan o‘q o‘tmasligini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan va yigitini otib tashlagan. Olti oydan so‘ng qamoqqa tashlangan.

Kompaniya shuningdek, bloggerlarning xavfli kapsulalarini iste’mol qilishiga va olovga tushishiga sabab bo‘ladigan xavfli muammo larning tarqalishini to‘xtatish uchun jiddiy kurashadi.

Ushbu oyning boshida, YouTubeda boshqa bir jiddiy muammo paydo bo‘ldi, u Netflixning Bird Box filmidan sahnalarni qayta ishlaganidan keyin, odamlarning tanqidiga sabab bo‘lgan.

Bu film, Sandra Ballokning qo‘rqinchli blokbasteri, odamlarni o‘ldiradigan ruh ta’siridan qochish uchun apokalipsis dunyoda yashayotgan odamlar haqida.

So‘nggi haftada, YouTube Bird Box Challengeda qatnashayotgan odamlar ko‘zlari boyloq holda mashina haydashga urinishgan va jiddiy avtohalokatga sabab bo‘lishgan.

Shu hafta, YouTube bloggeri Ben Filips o‘zining qarndoshi Elliot Gilesni temir yo‘l to‘sig‘iga kirishga majbur qilgan videosini ko‘rganidan so‘ng, Buyuk Britaniya polisiyasi tergov ishi ochdi. Britaniya transport polisiyasi bu videodan keyin yana shunday videolarga tushishga urinishlari bo‘lishi mumkin , deb aytdi.

So‘nggi yillarda Buyuk Britaniyadagi bir qator shunga o‘xshash hodisalar ham ro‘y berdi.

Bu yerda YouTubedagi videolarni notog‘ri takrorlash natijasida odamlar jiddiy jarohat olib favqulodda xizmatlarni chaqirishgan.

2017 yilda o‘to‘chiruvchilar, mikrotolqinli pech ichiga boshini tiqib, o‘z tomashabinlarga tryuk ko‘rsatmoqchi bo‘lgan Vulverxemptonda yashovchi bloggerni pechdan ozod qilish uchun bir soat vaqt sarflashgan.

Britaniya bolalarni ximoya qilish va baxtsiz hodisalarni oldini olish tashkiloti YouTubening qarorini dastlabki yaxshi qadam , deb kutib oldi, biroq kompaniyaga xavfli kontent tarqatilishining oldini olish uchun ko‘proq ish qilish tavsiya etildi.

Qirollikning baxtsiz hodisalar oldini olish jamiyati matbuot kotibi shunday deydi: Bu yaxshi qadamdir. Kontent-platformalar, ushbu turdagi videolarning pullik reklamalarini o‘chirishni ham hisobga olishlari kerak. RoSPA bunday qarorni qo‘llab quvvatlaydi va boshqa mazmunli platformalar ham xuddi shunday qoidalarni qabul qilishni ko‘rib chiqadi.

Toni Stouer, NSPCC Internetning bolalar xavfsizligi bo‘yicha rahbari, shunday deb qo‘shimcha qildi: YouTube bolalarga yomon ta’sir qiladigan videolardan himoyalash uchun ko‘proq ish qilishini e’lon qildi va shuni ham ta’kidlash kerakki hozirgi yoshlar yomon ta’sirga ega bo‘lgan videolarni juda osonlikcha topa oladi.

Texnologiya gigantlari bolalarni o‘z platformalarida himoya qilish uchun javobgardir. YouTube o‘zining saytlarini tozalash va qoidani buzgan videolarni taqiqlashni boshlagani ma’qul ish bo‘libdi, ammo bu haqda gapirishdan foyda yo‘q hozir ko‘proq amaliy ish qilish kerak. deb so‘zlarini yakunladi Toni Stouer.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!