Yoqilg‘i bakida dori vositalarini olib kelayotgan avtomobillar ushlandi

Yoqilg‘i bakida dori vositalarini olib kelayotgan avtomobillar ushlandi

Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi “Farg‘ona” chegara bojxona xodimlari DXX chegara xizmati xodimlari bilan hamkorlikda post orqali qo‘shni davlatdan O‘zbekistonga harakatlanayotgan fuqaro boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtotransport vositasi bojxona nazoratidan o‘tkazilganida avtomashinaga tovar-moddiy boyliklari yashirilgani aniqlanib, xolislar ishtirokida bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Natijada, avtomashina orqa o‘rindig‘i ostidagi yoqilg‘i bakining ichiga xorijda ishlab chiqarilgan dastlabki qiymati 26,4 mln. so‘mlik 132 dona dori vositalari yashirib joylashtirilganligi aniqlandi.


Ushbu postda aniqlangan yana bir shunga o‘xshash holatda ham fuqaro boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtotransport vositasining ham orqa o‘rindig‘i ostidagi yoqilg‘i baki ichiga dastlabki qiymati 21,6 mln. so‘mlik 108 dona dori vositalari yashirib joylashtirilganligi aniqlandi.


O‘tkazilgan bojxona ko‘rigi natijasida avtotransport vositalarida bojxona nazoratidan yashirilgan 48 mln. so‘mlik 240 dona sifati kafolatlanmagan dori vositalari borligi aniqlandi.


Ushbu dori vositalarining sifati va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlari mavjud emasligi ma’lum bo‘ldi. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra dori vositalarini import qilish, saqlash hamda tashishda sifati va but saqlanishi ta’minlanadigan sharoitlarda amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan.


Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!