Yilning yuksak did bilan kiyinadigan mashhurlari ma’lum qilindi

Yilning yuksak did bilan kiyinadigan mashhurlari ma’lum qilindi

Britaniyaning Dazed jurnali 2018 yilning eng zamonaviy kiyinadigan kishilari reytingini e’lon qildi.

Nashr birinchi o‘rinni aktyor Jeff Goldblyumga berdi. Uning kiyimlar kolleksiyasidan Prada ko‘ylaklari katta o‘rinni egallagan. Bir necha marta aktyor mazkur ko‘ylaklarda tushgan suratlarini Instagram’ga joylagan.

Ikkinchi o‘rindan amerikalik qo‘shiqchi Kardi Bi joy olgan. Uchinchi qatorni esa Christine and the Queens taxallusi ostida mashhur bo‘lgan fransuz pop-qo‘shiqchisi Eloiza Letisye band qilgan.

Ro‘yxatda keyingi o‘rindan kanadalik R’n’B pop-qo‘shiqchisi Jastin Biber joy olgan. U bir necha marta Gavayi tasvirli ko‘ylaklarda namoyon bo‘lgan.

Nashr britaniyalik aktyor Deniel Dey-Lyuis, estoniyalik reper Tommi Kesh, amerikalik top-model Bella Xadid va reper ASAP Rocky’ni ham qayd etgan.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!