Yashnabod tumanidagi uchta xonadonda yong‘in yuz berdi

Yashnabod tumanidagi uchta xonadonda yong‘in yuz berdi

9 dekabr kuni Toshkent shahrining Yashnabod tumanidagi uchta xonadon yong‘in yuz berdi, deb xabar berdi poytaxt IIBB.

Pahlavon Mahmud ko‘chasi 2-berk ko‘chasida joylashgan umumiy hovlining 5, 6 va 8-xonadonlarida sodir bo‘lgan yong‘in haqidagi xabar “101” raqamiga soat 12.56 da kelib tushgan.

"Yong‘in xavfsizligi xodimlari voqea joyiga bir necha daqiqalarda yetib borishdi. Yong‘in yuqorida qayd etilgan uylarning tom qismida boshlanib, tom qismidan tashqari 5-xonadonning ichki qismiga ham zarar yetkazdi", - deyilgan xabarda.

Elektr o‘tkazuvlaridagi qisqa uzilish yong‘inning taxminiy sababi deb topildi. Hodisa sababli hech bir kimsaga zarar yetmadi.

Voqea guvohlari ijtimoiy tarmoqlarda yong‘indan video joylashtirishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!