Yashirin sexdan 17 tonnadan ortiq neft mahsulotlari topildi

Yashirin sexdan 17 tonnadan ortiq neft mahsulotlari topildi

Xorazm viloyati Xonqa tumanining Olaja qishlog‘i Oydin Hayot mahallasidagi yashirin sexda 17 tonnadan ortiq neft mahsulotlari saqlanayotgani aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.

Ushbu maxfiy sex xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, Yangi turmush mahallasida yashovchi H.B. bu yerda bitum mahsulotini ishlab chiqarayotgani, biroq sexga tegishli hech qanday hujjatlar yo‘qligini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, nonuniy tartibda dalolatnoma tuzilib, xolislar ishtirokida yashirin sexda mavjud bo‘lgan 16 turdagi, jami umumiy qiymati 35 mln. 893 ming so‘mlik tovar-moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida vaqtincha olib qo‘yildi.

Xabarda ushbu holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar tegishliligi bo‘yicha Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Xonqa tumani bo‘limiga yuborilgani ma’lum qilingan.

Manba: sof.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!