Yaponiyaning sanksiyalar ro‘yxatiga Rossiya va Belarus fuqarolari kiritilgan

Yaponiyaning sanksiyalar ro‘yxatiga Rossiya va Belarus fuqarolari kiritilgan

Yaponiya hukumati Rossiya Federasiyasi fuqarolari va tashkilotlarini shaxsiy va iqtisodiy sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi.

Cheklovlar bosh vazir Mixail Mishustin, boshqa bir qator jismoniy shaxslar va harbiy-sanoat kompleksining kompaniyalariga taalluqli edi.

Gap sanksiyalar guruhlari ostida ayrim tovarlarni eksport qilishni taqiqlash va bir qator rossiyalik amaldorlar va «LDNR» deb ataluvchi tashkilot rahbarlarining aktivlarini muzlatish haqida ketmoqda.

Sanksiya ro‘yxatida Mishustindan tashqari yana 130 ga yaqin odam bor, ular orasida Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari Rashid Nurgaliyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yaqin biznesmen Gennadiy Timchenkoning qarindoshlari ham bor.

70 ta kompaniya, jumladan, «Almaz-Antey» konserni, Taktik raketalar korporasiyasi, «Etalon» Butunrossiya tadqiqot instituti, axborot va telekommunikasiya texnologiyalari ham sanksiyalar ostida qoldi.

Hozirda Yaponiya sanksiyalari ro‘yxatiga Rossiya va Belarusning 700 dan ortiq fuqarolari, shuningdek, 200 dan ortiq tashkilotlar kiritilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!