Yaponiyalik ayol dunyodagi eng keksa odamga aylandi

Yaponiyalik ayol dunyodagi eng keksa odamga aylandi

Yaponiyaning Asiya shahrida yashovchi 116 yoshli Tomiko Itoka dunyodagi eng keksa odamga aylandi, deya xabar beradi Ginnesning rekordlar kitobi sayti.

Tomiko Itoka ispaniyalik 117 yoshli Mariya Branyas vafotidan keyin dunyodagi eng keksa odamga aylandi.

Tomiko Yaponiyaning Xiogo prefekturasi, Asiya shahridagi qariyalar uyida yashaydi.

Uch oy oldin Tomiko o‘zining 116 yoshini nishonladi va shahar meridan gullar, tort (bu o‘ziga yoqmaganini tan oldi) va tabriknomani oldi. Xodimlarning ta’kidlashicha, eshitish muammolariga qaramay, u aniq muloqot qilishni davom ettiradi va muntazam ravishda ularga minnatdorchilik bildiradi.

U 20 yoshida turmushga chiqdi va to‘rt farzand (ikki qiz va ikki o‘g‘il) ko‘rdi. Hozir uning ko‘plab nevara va chevaralari bor.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning dekabrida Tomiko Itoka 116 yoshli Fusa Tasumi vafotidan so‘ng Yaponiyadagi eng keksa odamga aylangan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!