Yaponiyada kayfiyatni ko‘taruvchi uskuna o‘ylab topildi (video)

Yaponiyada kayfiyatni ko‘taruvchi uskuna o‘ylab topildi (video)

Qurilma go‘zal fotosuratlarni namoyish etadi, qo‘shiq kuylaydi va hatto o‘zidan yoqimli ifor taratadi. 

 

Yaponiyalik muhandislar inson kayfiyatini ko‘taruvchi qurilma o‘ylab topishdi.

 

Qurilma ko‘rinishidan plastinkani eslatadi, ammo unda bir vaqtning o‘zida surat tomosha qilish, qo‘shiq tinglash va yoqimli ifordan bahramand bo‘lish mumkin. Qurilmaning sirti yog‘ochdan ishlangan bo‘lib, xushbo‘y taratuvchi maxsus teshikchalar o‘rnatilgan.

 

Multi Sensory Device XVG-01 deb nomdanuvchi mazkur qurilma Shanxayda 11-12 iyun kunlari tashkil etiladigan CES Asia 2019 ko‘rgazmasida namoyish qilinadi.

 

Qurilmaning yaratuvchilari uni binolarda yuqori kayfiyatni ta’minlash maqsadida o‘ylab topganliklarini aytishmoqda. Uskuna 2019 yilning oxiri yoki 2020 yilning boshida sotuvchhga chiqarilishi kutilmoqda.

life.ru-


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!