Yaponiya Rossiyadan harbiy tovon undirish niyatida

Yaponiya Rossiyadan harbiy tovon undirish niyatida

Tinchlik bitimining imzolanishi harbiy kompensasiya masalasining yechimini yuzaga keltiradi. Bu haqda Yaponiya TIV rahbari Taro Kono OAVga ma’lum qilgan.

Kononing qayd etishicha, huquqiy jihatdan qaralganda, shartnomaning imzolanishi shuningdek, urush holatini qisqartiradi va hududiy muammolarni hal qilishni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, harbiy tovon bilan bog‘liq muammolarni hal qilish kerak, dedi u. Bu nimani anglatadi, bosh vazir bunga aniqlik kiritmagan.

7 fevral kuni Yaponiyada shimoliy hududlar, Kunashir, Iturup, Shikotan va Habomai orollariga nisbatan noqonuniy okkupsiya atamasi qo‘llanilmaydigan bo‘ldi. Shunga qaramay, mamlakat bosh vaziri Sindzo Abe orollar Yaponiyaga tegishli ekanini ta’kidladi va muzokaralar orqali ularni qaytarib olishga harakat qilishini ma’lum qildi.

 


Rossiya va Yaponiya o‘rtasidagi tinchlik sulhi 70 yildan ortiq muddat davomida imzolanmay kelayotgan edi.

lenta.ru


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!