Yapon pediatrlari tibbiy niqoblar bolalar sog‘lig‘i uchun xavfli ekanini aytmoqda

Yapon pediatrlari tibbiy niqoblar bolalar sog‘lig‘i uchun xavfli ekanini aytmoqda

Yaponiya pediatrlari uyushmasi ota-onalarga koronavirus tarqalishiga qaramay, ikki yoshgacha bo‘lgan bolalar niqob taqishi xavfli ekani haqida ogohlantirmoqda. 

"Niqoblar nafas olishni qiyinlashtiradi, chunki kichkintoylarning nafas yo‘llari juda tor bo‘ladi. Shuningdek, astma xurujiga olib kelishi mumkin“, deyiladi uyushma xabarida.

Uyushma ikki yoshgacha bo‘lgan bolalarga niqob taqishni to‘xtatishga chaqiradi. Ularning fikricha, ayniqsa, jaziramada niqob taqish bolalar uchun yana bir xavfni keltirib chiqaradi, ya’ni yurakka xavfli oshirish ehtimoli ham yo‘q emas.

Bu xabarni Amerika Pediatriya akademiyasi ham tasdiqlamoqda.

Hozirgacha bolalar orasida koronavirusning jiddiy holatlari kam kuzatilgan, ularning aksariyati oila a’zolari tomonidan yuqtirilgan. Maktablarda yoki bolalar bog‘chalarida deyarli biron bir kasallikning tarqalishi kuzatilmagan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!