Xorazmlik ayol 4 oylik chaqalog‘ini sotayotganida qo‘lga tushdi

Xorazmlik ayol 4 oylik chaqalog‘ini sotayotganida qo‘lga tushdi

Xorazm. 2020 yilning 28 oktyabr kuni Xoramz viloyat IIB va DXX Xiva shahar bo‘limi xodimlari bilan hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, 22 yoshli S.M., moddiy daromad orttirish maqsadida, o‘zining 2020 yilning 02 iyun kuni tug‘ilgan voyaga yetmagan 4 oylik qiz farzandi Z.M.,ni tadbirga jalb qilingan fuqarolar I.X., va N.R.,larga 120 mln. so‘m evaziga sotishga kelishib, kelishilgan pulning 5.000 AQSh dollarini olib, qizi Z.M.,ni sotgan paytida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Xiva shahar IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan S.M., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 
Jinoyat ishi bo‘yicha S.M., gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok qilishga jalb qilinib, prosessual tartibda ushlangan. 
Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!