Xorazmda mahalla raisi pora olayotganida qo‘lga tushdi

Xorazmda mahalla raisi pora olayotganida qo‘lga tushdi

Gurlan tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inidan biriga raislik qilib kelayotgan, 1962 yilda tug‘ilgan, N.A. ikki yoshga to‘lmagan farzandi uchun nafaqa tayinlanishida yordam so‘rab murojaat qilgan fuqaroga otalarcha g‘amho‘rlik qilish o‘rniga, aksincha  400.000 so‘m miqdorda pora talab qilgan.

Mazkur fuqaroning ichki ishlar organlariga qilgan murojaati asosida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, talab qilingan pulning bir qismini, ya’ni 350.000 so‘m pulni pora tariqasida olayotgan mahalla fuqarolar yig‘ini raisining qilmishi fosh etildi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 1-qismi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!