Xitoydagi ishxonalarda ayollardan farzandlari haqida so‘rash taqiqlandi

Xitoydagi ishxonalarda ayollardan farzandlari haqida so‘rash taqiqlandi

Xitoyda ayollarni ishga qabul qilishda ularning oilasi va farzandlari haqida so‘rash taqiqlandi, deb xabar berdi Korrespondent.net .

Bundan buyon mamlakatda ishga qabul qilish yuzasidan suhbat o‘tkazish va yangi xodimlarni qabul qilish rejalarini ko‘rib chiqishda ularning jinsini hisobga olish qonunan taqiqlandi. Shuningdek, ishga qabul qilishda majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun topshiriladigan tahlillar ro‘yxatidan homiladorlikni aniqlash testi olib tashlanadi.

Qonunni buzgan shaxslar jarimaga tortiladi. Jiddiy qonun buzilishi holatlari kuzatilganda esa HR-kompaniyalar lisenziyadan mahrum etilishi mumkin.

Dunyoning ikkinchi yirik iqtisodiyoti bo‘lgan Xitoy ishlaydigan ayollar soni bo‘yicha Osiyodagi yetakchi mamlakat hisoblanadi.

Manba: oxo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!