Xarris kampaniyasi bir oy ichida taxminan 500 million dollar yig‘di

Xarris kampaniyasi bir oy ichida taxminan 500 million dollar yig‘di

Kamala Xarris Demokratik partiyadan AQSh prezidentligiga nomzod sifatida ko‘rsatilganidan so‘ng uning saylovoldi shtab-kvartirasi taxminan 500 million dollar yig‘di, deya xabar beradi Reuters.

Manbalarning Reuters agentligiga ma’lum qilishicha, mablag‘ to‘rt hafta ichida yig‘ilgan.

Xarris jamoasi iyul oyida 310 million dollar yig‘di. U va poygadan chiqqan Bayden tomonidan yig‘ilgan mablag‘larning umumiy miqdori 1 milliard dollardan oshdi.

Xarrisni qo‘llab-quvvatlash avgust oyida davom etdi, xayriya mablag‘larining katta qismi uning saylovoldi chiqishlari paytida, ayniqsa siyosiy jihatdan o‘zgaruvchan shtatlardagi kichik donorlardan kelgan.

Shu bilan birga, Tramp kampaniyasi iyul oyida 138,7 million dollar yig‘ib, jami mablag‘i 327 million dollarni tashkil qildi.

Kampaniya davomida to‘plangan mablag‘lar bir qarorga kelmagan saylovchilarni nomzodni qo‘llab-quvvatlashga ko‘ndirishda yordam beradigan reklama harakatlarida muhim rol o‘yna


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!