“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida” qaror qabul qilindi

“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida” qaror qabul qilindi

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston va Fransiya Respublikasi Hukumatlari o‘rtasida 2016 yil 8 dekabrda Gamburg shahrida imzolangan O‘zbekiston Respublikasida Fransiya taraqqiyot agentligini va PROPARKOni ta’sis etish va faoliyatini tashkil qilish to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi Bayonnoma tasdiqlandi.

🗓 Mazkur bayonnoma 2023 yil 2 noyabr kuni Samarqand shahrida imzolangan.

🏢 Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.

✔️ Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!