Xabib Nurmagomedov: "Mening ishtirokimdagi janglarni ortiq ko‘rmaysiz"

Xabib Nurmagomedov: "Mening ishtirokimdagi janglarni ortiq ko‘rmaysiz"

Engil vaznda sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov boshqa hech qachon jang o‘tkazmasligini ma’lum qildi.

"Men hech qachon oktagonga qaytib kirmayman. Mening ishtirokimdagi janglarni ortiq ko‘rmaysiz. Yo‘q. Yo‘q-yo‘q-yo‘q-yo‘q-yo‘q. Hozir menga bolalarimning g‘alaba qozonayotganlari ko‘proq ma’qul kelyapti. Men ularning g‘alabalaridan rohat olyapman", — deya Nurmagomedovning so‘zlarini keltirmoqda TMZ.

Xabib Nurmagomedov bolalarim deganda Usman va Umar Nurmagomedov, Islam Maxachev kabi jangchilarni nazarda tutgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!