Vladimir Norov Belarus tashqi ishlar vaziri vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Vladimir Norov Belarus tashqi ishlar vaziri vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Belarus tashqi ishlar vaziri Vladimir Makeyning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

"Belarus Respublikasi tashqi ishlar vaziri Vladimir Makeyning bevaqt vafot etgani haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qildim. Belarus Tashqi ishlar vazirligi xodimlariga, marhumning oila a’zolari, qarindoshlari va yaqinlariga hamdardlik bildiraman", - deb yozadi Vladimir Norov o‘zining Twitter᾽dagi sahifasida.

Kecha Belarus tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey 65 yoshida to‘satdan vafot etdi. Vafoti sabablari haqida ma’lumot berilmagan.

Ma’lumot uchun, Vladimir Makey 1958 yil 5 avgustda Belarusning Grodno viloyatida tug‘ilgan. 2000 yildan 2008 yilgacha u Belarus prezidentining yordamchisi, 2008-2012 yillarda prezident ma’muriyati rahbari bo‘lgan. 2012 yilda u tashqi ishlar vaziri lavozimiga tayinlangan va hozirga qadar bu lavozimda mehnat qilib kelayotgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!