Vinisius faoliyatida ilk bor Braziliya terma jamoasi uchun dubl qayd etdi

Vinisius faoliyatida ilk bor Braziliya terma jamoasi uchun dubl qayd etdi

Madridning “Real” klubi hujumchisi Vinisius Junior Braziliya terma jamoasidagi eng sermahsul o‘yinini o‘tkazmoqda.

23 yoshli futbolchi Paragvayga qarshi Amerika kubogi doirasidagi bugungi o‘yinga qadar to‘qqizta o‘yin va 378 kunlik golsiz seriya qayd etdi. Uchrashuvning 35-daqiqasida Vinisius o‘z mamlakati terma jamoasi uchun uzoq kutilgan golni nishonladi va birinchi bo‘limning qo‘shib berilgan vaqtida ikkinchi bor gol urdi. Bu yulduz hujumchining butun faoliyati davomida pentakampeonlar libosidagi ilk dublidir.

Shu kungacha Vinisius Junior Braziliya terma jamoasi safida 31 ta o‘yinda atigi 3 ta gol urgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!