Vaziyat murakkab va keskinlashmoqda — Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni

Vaziyat murakkab va keskinlashmoqda — Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni

Oleksandr Sirskiy 26 aprel kuni bo‘lib o‘tgan Ukraina ittifoqchilarining “Ramshteyn formati”dagi yig‘ilishidagi ishtiroki tafsilotlarini ma’lum qildi.

Bosh qo‘mondonning so‘zlariga ko‘ra, u "ittifoqchilarni keskinlashuv ehtimoliga ega bo‘lgan murakkab operativ-strategik vaziyat haqida xabardor qilgan".

Sirskiy, shuningdek, Rossiyaning Ukraina energetika infratuzilmasi ob’ektlariga qarshi havo hujumlari davom etayotganini qayd etdi.

"Ukraina Qurolli kuchlarida turli xil qurol va o‘q-dorilarga shoshilinch ehtiyoj bor, ularning o‘z vaqtida yetkazilishi jangda muhim rol o‘ynaydi", — deya xulosa qildi Sirskiy.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!