Valyuta qimmatliklarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Valyuta qimmatliklarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangibozor tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Bog‘ot tumani dehqon bozori atrofida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan X.O. fuqaro M.ga 4 200 AQSh dollarini 46,6 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Bekobod shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, shahar dehqon bozori atrofida valyuta ayirboshlash bilan shug‘allanib kelgan (muqaddam JKning 177-moddasi bilan sudlangan) A.R. fuqaro R.ga 3 550 AQSh dollarini 39,4 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Buxoro shahar savdo majmuasi atrofida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullangan (muqaddam JKning 177-moddasi bilan sudlangan) U.YA. fuqaro D.ga 220 ming Rossiya rublini 38,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!