Tabiiy gaz tarmog‘idan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandix

Tabiiy gaz tarmog‘idan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandix

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “M.4.” oilaviy korxonasi rahbari X.M. va boshqalar maktabgacha ta’lim muassasasi binosini hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, jami 1,2 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Xuddi shunday, Departamentning Chust tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “Ch.M.” xususiy korxonasi rahbari M.M. hamda YATT B.X. temirni qayta ishlash sexi va novvoyxonani hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmoqlariga o‘g‘irlik yo‘li bilan ulab, jami 295 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!