O‘qituvchi navbatdagi majburiy attestasiyada ishtirok etmasa nima bo‘ladi?

O‘qituvchi navbatdagi majburiy attestasiyada ishtirok etmasa nima bo‘ladi?

Hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizomda attestasiyada uzrli yoki uzrsiz sabablarga asosan ishtirok etmaganlik uchun ko‘riladigan choralar belgilab qo‘yilgan.

Pedagoglar attestasiyada uzrli sababga (vaqtincha mehnatga qobiliyasizligi, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligi, respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etganligi, vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda bo‘lganligi, yaqin qarindoshining vafoti, vakolatli davlat organi yoki ta’lim tashkilotlari rahbarlarining ma’lumotnomasida ko‘rsatilgan boshqa asoslarga) ko‘ra kelmagan bo‘lsa, ularning attestasiyasi boshqa muddatga ko‘chiriladi.

Pedagog kadr uzrsiz sababga ko‘ra navbatdagi majburiy attestasiyada ishtirok etmagan bo‘lsa, u attestasiyadan o‘tmagan hisoblanadi hamda uning tegishli malaka toifasi (lavozimi) bir pog‘ona tushiriladi.

Uzrsiz sababga ko‘ra attestasiyada ishtirok etmagan mutaxassis (oliy ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimidagi pedagog kadr attestasiyadan o‘tmagan hisoblanadi hamda ish beruvchi xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilish huquqiga ega.

O‘z xohishiga ko‘ra navbatdan tashqari attestasiyada qatnashib, attestasiyadan o‘ta olmagan pedagog kadrlarning malaka toifasi (lavozimi) tushirilmaydi hamda ularga navbatdan tashqari attestasiyada qatnashishdan oldin amalda bo‘lgan malaka toifasi (lavozimi) bo‘yicha haq to‘lanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!