Naqd pul muomalasi bo‘yicha qisqacha sharh

Naqd pul muomalasi bo‘yicha qisqacha sharh

2024 yil yanvar-mart oylarida umumiy pul tushumlari 184 trln. so‘mni tashkil etib, 2023 yilning mos davriga nisbatan 30 foizga o‘sgan. Umumiy pul tushumlarida terminal orqali tushumlar ulushi 2023 yil I-choragidagii 38 foizdan 2024 yil mos davrida 40 foizga o‘sishi kuzatildi. Cavdo va xizmatlar sohasi jami tushumlarida terminal tushumlari salmog‘i o‘tgan yil yanvar-mart oylaridagi 40 foizdan 44 foizga oshdi.

2024 yil yanvar-mart oyilarida banklar orqali naqd pul aylanmasi hajmi 216 trln. so‘mni tashkil etgani holda, 2023 yilning mos davriga nisbatan 24 foizga oshdi. Jumladan, banklarga naqd pul tushumlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 24 foizga o‘sib, 109 trln. so‘mni tashkil qildi.

2024 yil I-choragida bank kassalaridan (shu jumladan, bankomatlardan) berilgan naqd pullar 2023 yil I-choragiga nisbatan 24 foizga ko‘paydi va 107 trln. so‘mni tashkil etdi.

2024 yil yanvar-mart oylarida bank kartalariga 212 trln. so‘m mablag‘lar kirim qilingan. Bu ko‘rsatkich 2023 yil mos davriga nisbatan 1,3 barobarga oshdi. 2024 yil I-choragida bank kartalaridagi 48 trln. so‘m mablag‘lar naqdlashtirib olingan. 2023 yil yanvar-mart oylarida bank kartalarga kelib tushgan mablag‘larning 24 foizi naqdlashtirib olingan bo‘lsa (2022 yil yanvar-mart oylarida 28 foizni), bu ko‘rsatkich 2024 yilda 23 foizni tashkil etdi.

Joriy yilning 3 oyi mobaynida muomalaga chiqarilgan naqd pullar hajmi 3,0 trln. so‘mga kamayishi kuzatildi. 2024 yil 1 aprel holatiga naqd pullarning umumiy pul massasidagi ulushi 20,1 foizni tashkil qilib o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,2 foiz bandga pasaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!