U23 Osiyo kubogi. Ilk yarim finalchi ma’lum bo‘ldi

U23 Osiyo kubogi. Ilk yarim finalchi ma’lum bo‘ldi

U23 Osiyo kubogi chorak finalidan o‘rin olgan Qatar - Yaponiya uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda yaponiyaliklar 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Dastlab, Yamada hisobni ochgan bo‘lsa, Al-Ravi imkoniyatlarni tenglashtirdi. Shundan keyin Balideh qizil kartochka oldi va qatarliklar bir kishi kam bo‘lib qoldi. Ikkinchi taymda darvozalar yana bir martadan ishg‘ol qilindi. Asosiy vaqtda g‘olib nomi aniqlanmadi, ekstra-taymlarda esa kun chiqar yurt vakillari ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Shu tariqa, Qatar turnirni tark etdi. Yaponiya esa ilk yarim finalchiga aylandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!