Bugun poytaxtdagi ayrim tumanlarda gaz o‘chiriladi

Bugun poytaxtdagi ayrim tumanlarda gaz o‘chiriladi

Ta’mirlash ishlari tufayli Chilonzor, Uchtepa, Mirzo Ulug‘bek va Olmazor tumanlarining quyidagi hududlariga 26 aprel kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar bermoqda.

Chilonzor tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha): “Zarqurg‘on”, “Fidokor”, “Navbahor”, “Katta Navbahor”, S-mavze, “Ko‘tarma”, “Naqqoshlik”, “Botirma”, “Mevazor”, “2-Qatortol”, “Yakkabog‘”, “Qazirabod”.“Tirsakobod”, “Mehrijon”, “Katta Xirmontepa” MFYlaridagi 1963 ta yerli xonadon va ko‘p qavatli uylardagi 6858 ta xonadon.

Uchtepa tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha): “Tepa Qo‘rg‘on”, “Ko‘xna Cho‘pontepa”, “Bog‘obod”, “Bog‘iston”, “Birlik”, “Nayman”, “Guzar” MFYlari, Uchtepa tuman 11–15, 21–26-mavzelari ko‘p qavatli uylaridagi 7379 ta xonadon. Mirzo Ulug‘bek tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha): “Temuriylar” MFYdagi 254 ta xonadon. Olmazor tumani (soat 10:00 dan 16:00 gacha): “Qizg‘aldoq” MFYdagi 260 ta xonadon. Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!