Iqlimshunoslar 2024 yil yozida qaysi hududlar rekord darajada issiqlik bilan qoplanishini aytishdi

Iqlimshunoslar 2024 yil yozida qaysi hududlar rekord darajada issiqlik bilan qoplanishini aytishdi

Kelayotgan yoz tarixdagi eng issiq va eng nam yoz bo‘lishi mumkin. Berkli Kaliforniya universiteti iqlimshunoslari El—Ninyo hodisasining iqlimga ta’sirlaridagi yangi statistik tahlillardan so‘ng shunday xulosaga kelishdi.

Natijalar Geophysical Research Letters jurnalida chop etilgan. Ularning prognozlariga ko‘ra, tropik hudular aholisi bundan eng katta aziyat chekadilar. Harorat va namlik bilan bog‘liq "issiqlik indeks" rekordlarining 70% i aynan mazkur hududlarda kuzatilishi mumkin. Ta’kidlanishicha, olimlarning prognozi dunyoning ko‘plab mintaqalariga, shu jumladan Hindiston va Afrikaning aksariyat qismlariga, shuningdek Markaziy va Janubiy Amerika hamda Avstraliyaga tegishli.

Shuningdek, Amerikaning Florida va Texas shtatlarida rekord darajadagi issiqliklar bo‘lishi kutilmoqda. Tadqiqotchilarning qo‘shimcha qilishicha, ko‘pchilik sog‘lom odamlar quruq issiqlikka toqat qiladilar, ammo yuqori havo harorati yuqori namlik bilan birlalikda kuzatilganda, bu tanaga ikki barobar zarba beradi.

Olimlarning tushuntirishicha, yuqori namlik bo‘lsa, ter kamroq bug‘lanadi, natijada tanani sovutish effekti pasayadi, shuning uchun tananing ichki haroratini normal chegaralarda ushlab turish qiyin kechadi. Kishilar jismoniy "dimiqish" xolatiga uchraydilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!