"Barselona" Bernarduning narxini qimmat deb hisoblaydi

"Barselona" Bernarduning narxini qimmat deb hisoblaydi

Kataloniyaning "Barselona" klubi "Manchester Siti"dan yarim himoyachi Bernardu Silvaning transferi mumkinligiga hamon shubha qilmoqda. Jurnalist Toni Xuanmarti so‘zlariga ko‘ra, ular yaqinda 30 yoshga to‘ladigan futbolchi uchun 60 million yevro to‘lamoqchi emas.

Manba, shuningdek, “Barselona” rahbariyati Silvani o‘tgan yozda “Manchester Siti”dan erkin agent sifatida kataloniyaliklar safiga qo‘shilgan Ilkay Gyundogan bilan deyarli bir xil profilga ega futbolchi deb hisoblagani haqida xabar beradi.

Manbaga ko‘ra, agar "Barselona"da juda ko‘p mablag‘ bo‘lsa, bu mablag‘lar yuqori saviyadagi yarim himoyachini transfer qilish uchun sarflanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!