O‘zbekistonlik «Yusuf Islam» va uning rafiqasi Turkiyada qo‘lga olindi

O‘zbekistonlik «Yusuf Islam» va uning rafiqasi Turkiyada qo‘lga olindi

Bugungi kunda g‘oyalar kurashi avj olgan. Dinni niqob qilib, qadriyatlarni oyoqosti qilishga urinayotgan buz g‘unchi harakatlarning faoliyati jiddiy tashvish uy g‘otmoqda. Bunday yovuz kuchlar farzandlar ongini zabt etish maqsadida har qanday qabih yo‘llardan foydalanishga urinmoqda.

Bobur Idrisov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) bir necha yillar avval Rossiya davlatiga ishlashga ketdi. Krasnoyarsk o‘lkasida ishlab yurib, diniy ekstremistik va terrorchilik tashkilotining g‘oyaviy ta’siriga tushib qoldi. Faoliyati taqiqlangan mazkur tashkilotning a’zosi bo‘lib, ikki yil davomida 3-4 nafar tojikistonlik yigitlar bilan jinoiy til biriktirdi. U go‘yoki jihod qilish niyatida ekstremis tik g‘oyalardan saboq oldi. Muqaddas Islom dinimizni niqob qilib, odamlarning tinchini buzayotgan jangarilarga qo‘shilishni maqsad qildi.

U o‘ziga Abdulla degan diniy taxallus tanladi. Internet tarmog‘ida Yusuf Islam profilini ochdi. U shu orqali bir qiz bilan tanishib, gaplasha boshladi.

Maftuna Jag‘alboyevaning ota-onasi ishlash uchun Ros siya ga ketdi. O‘z erki o‘ziga o‘tgan Maftuna ishlab yurgan klinikadan bo‘shadi. Ijtimoiy tarmoqlardagi saytlar orqali o‘ziga profil ochib, Bobur bilan tanishdi. Yigit o‘zining diniy mazmundagi ma’ruzalari bilan qizni ham mahliyo qildi. Oradan ko‘p o‘tmay, Bobur O‘zbekistonga qaytdi va Maftunaga turmush qurishni taklif qildi. Maftunanikiga sovchilar kelib, to‘y boshlandi.

Oradan 5-6 oy o‘tgach, Bobur Suriyaga ketishga hozirlik ko‘ra boshladi.

Islom davlati ga borib musulmonlarga yordam berishimiz kerak. Ana shu burchimizni ado etsak, jannati bo‘ lamiz, deb Bobur Maftunani ketishga da’vat qila boshladi.

Islom davlati deganingiz qayerda?

Suriyada.

Suriyada urush bo‘lyapti-ku, u yoqda qiynalamiz.

Birodarlarim meni chaqiryapti, u yerda hamma urishmas ekan, kimning qanday kasbi bo‘lsa, shu kasb bilan shug‘ullanishi mumkin, deyishayapti. Borganlarni uy va pul bilan ta’minlarkan, dedi xotinini ko‘ndirishga urinib.

Shu gaplaringizni onangizga, ota-onamga aytaman, dedi Maftuna.

Aytsang, ikkimizga ham yomon bo‘ladi.

Maftuna arosatda qoldi. Turmush o‘rtog‘iga ergashishdan boshqa chorasi qolmadi. Bu orada ular farzandli bo‘lishdi. Yosh bolani olib, Istambul shahriga borishdi. U yerda o‘zlariga fikrdosh kishilar bilan birga yashirincha yashashdi. Kunu tun Suriyada bo‘layotgan janglar aks ettirilgan videoroliklarni, turli xil diniy ma’ruzalarni eshitib, ko‘rib yurishdi. Ana shunday mazmunsiz kunlarni qu vib yil o‘tdi. Maftunaning ikkinchi farzandi tug‘ildi. Fikru zikrini notinchlik hukmron bo‘l gan yurtga ketish egallagan Bobur go‘daklarining taqdirini o‘ylamadi. Aksincha, ketish navbatini sabrsizlik ila kutdi. Ketish fursati kelganda Bobur oilasini olib o‘zi kabilar bilan yo‘lga tushdi. Yo‘ldagi qiyinchiliklar Suriyani yanayam uzoqlashtirayotgandek edi. Qanchalik oshiqmasin, borayotgan manzili vayron bo‘lgan binolaru notinch ko‘chalar, halovatsiz odamlar orasi ekanligini bilardi.

Ular mingan mikroavtobus yo‘lda buzilib qoldi, keyin boshqa avtomashinaga o‘tirishdi. Qorong‘u tushgach, bir uyda tunashdi. Ertasiga yana yo‘lga chiqishdi. Tog‘li joylarda piyoda yurishga to‘g‘ri keldi. Ikki yosh bola, og‘ir sumkalari bilan yo‘l azobini tortishdi. Yo‘l boshchilik qilib kelayotgan arab millatiga mansub kishi Suriya chegarasiga yaqin qol di , deb ularni tashlab, qaytib ketdi. Osoyishta yurti qolib, jangu jadal istab borayotganlar yana piyoda keta boshlashdi. Shu atrofdan bir uy chiqdi. Ular uy sohiblaridan Turkiya hududida ekanliklarini bilib olishadi. Darbadar yurganlar undan bir kechaga joy so‘radi. Lekin uy egasi rozi bo‘lmadi. Yana oz roq yurishsa, Turkiya askarlariga ro‘para kelishini aytdi. Bobur aro yo‘lda qoldi. Necha yildan beri o‘zicha haq deb bilgan yo‘lining oxiri shu yergacha ekanligini tan olgisi kelmasdi. Qiyinchilik jonidan o‘tib ketgach, o‘zini Turkiya askarlariga topshirdi. Asli O‘zbekistondan ekanligini, bo‘lib o‘tgan voqealarni gapirdi. Askarlar Boburning oilasini migrasiya xodimlariga topshirdi. Ular bu yerda 20 kun bo‘lishgach, O‘z bekis tonga deportasiya qi lindilar. Qonunlarga qarshi qilingan har bir harakat jazosiz qolmaydi.

Sud hukmi bilan B.Idrisovga 10 yil 6 oy, M.Jag‘alboyevaga 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Samarqand viloyati prokuraturasi, bo‘lim katta prokurori Sa’dulla Mustayev

( Huquq gazetasining internet nashridan olindi)


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!