O‘zbekistonlik jahon chempioni doping tufayli sportdan chetlatildi

O‘zbekistonlik jahon chempioni doping tufayli sportdan chetlatildi

Kecha Xalqaro og‘ir atletika federasiyasi (IWF) rasmiy saytida chiqqan xabarga ko‘ra, o‘zbekistonlik og‘ir atletikachi, jahon chempionati sovrindori Rustam Jangabayevning qonidan olingan doping tahlili ijobiy natija bergan. Bu xabarni O‘zbekiston og‘ir atletika federasiyasi ham tasdiqladi.

Jangabayev antidoping qoidalarini buzganligi uchun sportdan vaqtincha chetlatildi. Shuni qayd etish kerak, agar sportchimizning antidoping qoidalarini buzmaganligi isbotlansa, unda bu haqda tegishli qaror ham e’lon qilinadi.

Shuningdek, xabarda IWF ish yuzasidan surishtiruv jarayonini yakunlamaguncha qo‘shimcha ma’lumot bermasligi ham aytiladi. Ta’kidlash joiz, Rustam Jangabayevdan doping tahlili musobaqa va yig‘inlar paytida emas, balki sport tadbirlaridan xoli vaqtda olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!