O‘zbekistonlik bokschi dunyoning eng yaxshi yosh bokschisi bo‘lishga da’vogar!

O‘zbekistonlik bokschi dunyoning eng yaxshi yosh bokschisi bo‘lishga da’vogar!

The Ring jurnali bir nechta nominasiya bo‘yicha 2018 yilning eng yaxshilari bo‘lish uchun da’vogarlar ro‘yxatini e’lon qilgandi.

E’tiborli jihati, unda hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliyev ham nominantlar qatoriga kiritilgan. Professional boksning yengil vazn toifasida mag‘lubiyatsiz odimlayotgan Murodjon Yilning eng yaxshi yosh bokschisi nominasiyasida g‘olib bo‘lish uchun asosiy da’vogar bo‘lib turibdi. Bu haqda Xalq so‘zi yozmoqda.

Murodjon Ahmadaliyevdan tashqari Yilning eng yaxshi yosh bokschisi bo‘lish uchun Joshua Buatsi, Jeron Ennis, Filip Xrgovich hamda Teofimo Lopes da’vogarlik qilishyapti.

Ahmadaliyev yengil vazn (55,3 kg) toifasi WBA yo‘nalishi reytingida birinchi o‘rinni egallab turibdi. U WBA chempionlik kamari sohibi amerikalik Daniel Romanning birinchi raqamli raqibi hisoblanadi.

U oxirgi jangini 24 noyabr kuni amerikalik Isaak Zaratega qarshi jang o‘tkazib, nokaut evaziga g‘alaba qozongan edi. Murodjon Ahmadaliyev WBA Intercontinental kamari sohibi hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!