O‘zbekistonga ko‘pchilik kutayotgan “Moderna” vaksinasi keltirildi

O‘zbekistonga ko‘pchilik kutayotgan “Moderna” vaksinasi keltirildi

Bugun tongda koronavirusga qarshi 3 million 60 doza “Modern”a vaksinasi olib kelindi. Vaksina AQSh tomonidan O‘zbekistonga beg‘araz ko‘mak tariqasida ajratildi.

Ko‘pchilik yurtdoshlarimiz ushbu vaksinaga katta ishonch bildirib kutayotgan edi. Aftidan, endilikda ixtiyoriy emlanuvchilar soni ortsa kerak.

AQSh Kasalliklar nazorati va ularning oldini olish bo‘yicha markazi (CDC) ma’lumotiga ko‘ra, “Moderna” vaksinasi 94 foizdan ziyod samaradorlikka ega bo‘lib, “COVID-19” virusi yuqishini bartaraf etadi. JSST ekspertlar guruhi uni 18 yoshdan katta bo‘lgan barcha aholi guruhlari uchun tavsiya qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!