O‘zbekistonga aylanma yo‘llar orqali dori olib kirgan Qirg‘iziston fuqarosi fosh bo‘ldi

O‘zbekistonga aylanma yo‘llar orqali dori olib kirgan Qirg‘iziston fuqarosi fosh bo‘ldi

DXX Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 1976 y.t. "B.R." 1968 y.t. "A.K."dan 1 kg. 296 gr. "opiy" giyohvand moddasini Toshkent shahri hududida qabul qilib olgan vaqtida ushlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent shahrida yashovchi "B.R." Tojikistondagi og‘ufurush tanishlari yordamida qo‘shni mamlakatdan giyohvand moddalarni respublikamiz hududiga olib kirish va  sotish bilan shug‘ullangan. Surxondaryo viloyatida istiqomat qiluvchi "A.K." esa navbatdagi giyohvand moddani unga keltirib bergan.

DXX Buxoro viloyati boshqarmasi, viloyat bojxona boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Kogon shahrida harakatlanayotgan "Neksiya" rusumli avtomashina to‘xtatilib tekshirilganda, uning salonida bo‘lgan 1981 yil Qorako‘l tumanida tug‘ilgan "U.A."ning yonida 293 gr. "opiy" giyohvand moddasi borligi aniqlanib, prosessual tarzda rasmiylashtirib olindi.

DXX xodimlarining Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi bilan hamkorlikda poytaxtimizning M.Ulug‘bek tumani hududida o‘tkazgan tezkor tadbirida esa "Orlando" rusumli avtomashina to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi. Natijada mashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan 1969 y.t. "N.M."ning hamda 1988 y.t. "M.J."ning yonidan jami 273 gr. "gashish" giyohvandlik vositasi topildi. Shuningdek, mazkur avtomashinada bo‘lgan ularning sherigi 1974 y.t. "S.T." ham ushlandi. Aniqlanishicha, "M.J." ushbu giyohvand moddalarni Tojikiston Respublikasida istiqomat qiluvchi shaxsdan 2000 AQSh dollariga sotib olgan.

DXX Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan viloyat bojxona boshqarmasi xodimlarini jalb qilgan holda o‘tkazilgan tezkor tadbirda muqaddam sudlangan fuqarolar "M.M." va "E.Z."lar ketayotgan "Neksiya" rusumli avtomashina to‘xtatilib tekshirildi. Avtomobil ko‘zdan kechirilganda, uning yukxonasida 5600 dona "Lirika" dori vositasi borligi aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu dori vositalarini Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan "Kayrat" ismli shaxs aylanma yo‘llar orqali mamlakatimiz hududiga o‘tkazib, "M.M." va "E.Z."larga 70 mln. so‘mga sotgan.

Keyingi holatda esa Andijon shahrida yashovchi, muqaddam sudlangan fuqaro "R.T." qo‘shni Qirg‘izistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan 2800 dona "Regapen" kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini Shaxrixon tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro "X.S."dan 30 mln. so‘mga sotib olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda yuqorida ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!