O‘zbekistonga 5 oyda qancha telefon import qilingani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonga 5 oyda qancha telefon import qilingani ma’lum bo‘ldi

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2022 yilning yanvar-may oylarida xorijdan qiymati 80 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 1,1 mln. dona mobil telefon import qilingan.

Telefon importi 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 216311 donaga oshgan.

O‘zbekiston 10 ta davlatdan telefon import qilgan.

O‘zbekiston 5 oy mobaynida mobil telefonlarni eng ko‘p import qilgan davlatlar:

Xitoy – 846 504 dona

— Vyetnam – 128 407 dona

— Hindiston – 73 371 dona

— BAA – 47 112 dona

— Qozog‘iston – 4030 dona

— Koreya – 1 586 dona

Oylar kesimida telefon importi:

— yanvar – 129 766 dona

— fevral – 284 461 dona

— mart – 286 056 dona

— aprel – 276 362 dona

— may – 124 393 dona


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!