O‘zbekistonda Rossiyaning patent berish markazi ochilishi mumkin

O‘zbekistonda Rossiyaning patent berish markazi ochilishi mumkin

O‘zbekistonda Rossiya Federasiyasining ko‘p tarmoqli migrasiya markazi tashkil qilinishi mumkin. Bu haqda Cputnik nashri Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga tayanib xabar qildi.  

Bu tashabbusni Moskvada o‘tkazilgan uchrashuvda O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muhitdinov va Rossiya Mehnat va ijtimoiy himoya vazirining o‘rinbosari Aleksey Cherkasov muhokama qildi.

Tomonlar Toshkentda 20 dekabr kuni erishilgan kelishuvlar bo‘yicha birinchi ishchi guruhlar yig‘ilishini o‘tkazishga kelishib olishdi.

Ko‘p tarmoqli migrasiya markazi O‘zbekiston fuqarolariga Rossiya hududida mehnat qilishga patent berish bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston delegasiyasi O‘zbekiston aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi va Rossiya mehnat vazirligi butun Rossiya ilmiy tadqiqot instituti va Iqtisodiyot oliy maktabi o‘rtasida fuqarolarning ish stajini hisobga olish va pensiya huquqlari bo‘yicha hamkorlik bitimi loyihasi, shuningdek ikki davlat pensiya fondi o‘rtasidagi elektron baza ma’lumotlari almashinish masalalarini muhokama qildi.

O‘zbekiston delegasiyasi ko‘p tarmoqli migrasiya markazi, shuningdek “Saxarovo” xorijiy fuqarolarni vaqtincha ushlab turish markaziga tashrif buyurgan.

Ayni damda u yerda O‘zbekistonning 170 ta fuqarosi mavjud. O‘zbekiston delegasiyasi ular bilan suhbat o‘tkazib, yashash shart-sharoitlari bilan tanishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!