O‘zbekistonda halol fastfud tarmog‘i ochilishi mumkin

O‘zbekistonda halol fastfud tarmog‘i ochilishi mumkin

O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi Ravshan Usmonov Marrybrown Sdn. Bhd. kompaniyasining moliyaviy direktori Devid Li bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Devid Li o‘zbekistonlik tadbirkorlar bilan hamkorlik o‘rnatishga tayyor ekanliklarini bildirgan. Kompaniya vakillari hamkorlik tafsilotlarini muhokama qilish uchun joriy yilning aprel oyida O‘zbekistonga tashrif buyurishi rejalashtirilmoqda.

Ma’lumot uchun, halol fastfud sotish bilan shug‘ullanuvchi ushbu tarmoq Malayziyada 138, dunyoning yigirma mamlakatida esa 350 dan ziyod restoranlarga ega.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!