O‘zbekistonda energetik ichimliklar savdosi va reklamasiga cheklovlar qo‘yiladi

O‘zbekistonda energetik ichimliklar savdosi va reklamasiga cheklovlar qo‘yiladi

18 yoshga to‘lmagan shaxslarga realizasiya qilish fuqarolarga eng kam ish haqining 5 baravaridan 10 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 7 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi bilan mog‘liq modda kiritiladi.

 

O‘zbekistonda energetik ichimliklarning savdosi bo‘yicha cheklovlar o‘rnatiladi, qolaversa, ularni reklama qilishda ham aniq me’yorlar o‘rnatiladi. Bu haqda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining Parlament quyi palatasidagi fraksiyasi yig‘ilishida Qonunchilik palatasi majlisi muhokamasiga kiritilishi rejalashtirilayotgan bir qator qonun loyihalari muhokamasida ma’lum qilindi.
 
Yig‘ilishda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ko‘rib chiqildi va ikkinchi o‘qishda qabul qilindi. Unda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga energetik ichimliklarni 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga realizasiya qilish fuqarolarga eng kam ish haqining 5 baravaridan 10 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 7 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi bilan mog‘liq modda kiritiladi.
 
“Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonunda energetik ichimliklar tushunchasiga ta’rif beriladi hamda “Reklama to‘g‘risida”gi qonunda bunday ichimliklarni iste’mol qilishning zarari, tavsiya etilmaydigan shaxslar haqidagi axborot mavjud bo‘lishi kerakligi, shuningdek, televideniye va radio orqali reklama qilish vaqtlari aniq belgilanmoqda. Bolalar va o‘smirlar uchun mo‘ljallangan bosma nashrlarda, shuningdek, tibbiyot, sport va ta’lim muassasalarida energetik ichimliklarni reklama qilish taqiqlanmoqda.
Manba: qalampir.com

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!